Jak zainstalować plik APK / APKS / OBB na Androida?
Cześć, Możesz tam pobrać plik APK "uz.lalu.babycaring" dla Huawei MediaPad T3 bezpłatnie, wersja pliku apk to 3.2.3 aby pobrać do Huawei MediaPad T3 po prostu kliknij ten przycisk. To łatwe i gwarancja. Dostarczamy tylko oryginalne pliki APK. Jeśli którykolwiek z materiałów w tej witrynie narusza Twoje prawa, zgłoś nam
Yosh onalar uchun foydali maslahatlar, tavsiyalar, chaqaloq parvarishi, bolaning haftalik va oylik rivojlanish kalendari, emlash jadvali, muhim vositalar, ertaklar, bolalar kasalliklari hamda tajribali onalar Bilan savol-javob qilish imkoniyati barchasi „Lalu - Onalar maktabi” ilovasida!
Onalik davri bu ayol hayotidagi sharafli va masʼuliyatli bosqichdir. Ayniqsa, yosh onalar uchun chaqaloq parvarishi va uning tarbiyasi bilan shugʻullanish bir muncha bilim va koʻnikmalarni talab qiladi. Shu kabi bilim va koʻnikmalarni „Lalu - Onalar maktabi” mobil ilovasi orqali osongina egallashingiz mumkin. 😊
Ilova orqali bola rivojlanishi kabi muhim koʻrsatkichlardan tortib, uning salomatligiga oid zarur va foydali maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatingiz mavjud.
Xoʻsh, ilova qanday afzalliklarga egaligi haqida qiziqyapsizmi? Unda, marhamat ilovani hoziroq yuklab oling.
📆 Chaqaloqning chilla davri va uning bir oylikdan bir yoshigacha boʻlgan rivojlanishi bayon qilingan foydali taqvim. Bu kalendar orqali bola ovqatlanishi, uyqusi, psixologiyasi, qobiliyatlari va boshqa koʻplab oʻzgarishlarini oyma-oy kuzatib borishingiz mumkin.
Chaqaloq parvarishi boʻyicha muhim koʻrsatmalar
🤩 Onalik davri davomida chaqaloq parvarishi uchun muhim boʻlgan koʻrsatkichlar haqida zaruriy maqolalar. Bu maqolalar orqali siz, chaqaloqni choʻmiltirish, chaqaloq tagligining oʻziga xos, eʼtiborli boʻlish lozim boʻlgan jihatlari, bolaning tish chiqarniishi va boshqa turli koʻnikmal oʻrganishingiz mumkin.
Chaqaloq salomatligi va bolalar kasalliklari
💊 Chaqaloq va bolalarda koʻp kuzatilib, onalarni bezovta qiladigan fiziologik va patologik holatlar haqida muhim maʼlumotlar. Masalan, bolalarda ich ketishi, chaqaloqlar ichi yashil kelishi, chaqaloqlarda ich qotishi, chaqaloq nega kuchanadi, bolalarda tana harorati koʻtarilishi, bolalardaqonlik, chaqaloqlar sariqligi, bolalishing diatez bo'qalishi malishi koʻtarilishi.
Emlash kalendari
💉 Onalik davri davomida farzandingizning emlashlarini ilovaning emlash kalendari orqali qayd qilib borish imkoniyatingiz mavjud.
Bundan tashqari, ilovada emlash turlari, bolani emlashga tayyorlash, emlashga qarshi koʻrsatmalar hamda emlash mavzusiga oid foydali bilimlarni oʻrganishingiz mumkin.
Vazn va uzunlik nazorati
💎 JSST koʻrsatmalari asosida tayyorlangan bolaning vazn va uzunlik nazorati kichik dasturi sizga bolangizning vazni hamda tana uzunligining qay tarzda oʻzgarayotganligi haqida maʼlumot taqdim etadi. Agar kiritgan koʻrsatgichlaringiz boʻyicha farzandingiz rivojlanishida xavf aniqlansa, sizga shifokorga murojaat qilish uchun ogohlantirish koʻrsatiladi.
Onalar davrasi
👩🏻 Boshqa tajribali onalar bilan fikr va tajriba almashish uchun „Jamiyat” boʻlimidan foydalanishingiz mumkin.
Bundan tashqari, „ Lalu - Onalar maktabi ” mobil ilovasi orqali farzandingiz uchun chiroyli profil yaratishingiz mumkin. Bu profil orqali bolaning oylik koʻrsatkichlari, kiritgan chiroyli surʼatingiz, farzandingiz ismi aks etadi.
Agar dastur borasida savol yoki takliflaringiz bo'lsa, biz bilan Telegramʼda https://t.me/Lalusupportbot orqali bogʻlaning.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamizga obuna boʻling!
»Instagram: Instagram.com/laluhealth
„Lalu - Onalar maktabi” ilovasini bepul yuklab oling va farzandingizni sogʻlom voyaga yetkazing. Ilova chaqaloq parvarishi, rivojlanishi, bola tarbiyasi va salomatligi, bolalar kasalliklari bilan kurashishda onalik davri davomida sizga asosiy ko'makchi bo'ladi.
Agar ilovamiz sizga yoqsa, 5 yulduzcha (⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️) va samimiy izoh yozib qoldirishni unutmang.